Rossiyadagi ikki ko‘lning suvi kislotaga aylandi
Olam
−
05 iyun 2023
21830Rossiyaning Yekaterinburg shahridagi ikkita ko‘l pH past darajasi tufayli hayot uchun yaroqsiz bo‘lib qoldi, oqibatda ulardagi suv sirka bilan taqqoslanadigan suyuqlikka aylandi. Bu haqda URA.RU agentligiga Rossiya Fanlar akademiyasining Ural bo‘limi xodimi, biologiya fanlari doktori Vladimir Vershinin ma’lum qildi.
Olim bu holatni metallurgiya korxonasi chiqindilarining zarari bilan bog‘lagan. Vershinin Sverdlovsk viloyatining poytaxtida joylashgan ko‘llarda suvning pH qiymati uchga teng ekanligini tushuntirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, sirkada suvli eritmalarning pH qiymati 2,4 dan 3,4 gacha. Hayvonlar allaqachon suv omborlarini tark etgan. Olimga ko‘ra, umfibiyalar tomonidan urug‘laydigan paytda qo‘yilgan tuxumlar ham nobud bo‘lgan.
Vershininning ishonchi komilki, bu “tozalash inshootlarini o‘chiradigan va oltingugurt dioksidi uchib, cho‘kadigan” mahalliy zavodning zararli chiqindilari bilan bog‘liq. Olimning so‘zlariga ko‘ra, suv havzalarining kislotali muhiti bilan bog‘liq bunday keskin vaziyat o‘zi kuzatgan 45 yil ichida to‘rtinchi marta yuzaga kelgan.
LiveBarchasi