Rossiyadagi boks musobaqasida 14 yoshli ishtirokchi vafot etdi (video)
Sport
−
18 dekabr 2023 6174 1 daqiqa
Rossiyaning Pervouralsk shahri mezbonlik qilgan boks musobaqasida 14 yoshli o‘smir vafot etdi. Bu haqda “Championat.com” xabar berdi.
Raqibidan o‘tkazib yuborilgan zarbalar oqibatida sportchi o‘zini yomon his qildi, shundan so‘ng jang to‘xtatildi. Bolaga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yotqizilgan, biroq uni saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.
Qayd etilishicha, marhum o‘tgan yilgi Sverdlovsk viloyati chempionati g‘olibi bo‘lgan. U Bolalar va o‘smirlarni rivojlantirish markazida tahsil olgan.
“Bu juda qayg‘uli. Bokschining oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. Federatsiya voqea holatini o‘rganmoqda. Biz barcha zarur yordamni ko‘rsatamiz”, deyiladi Rossiya boks federatsiyasi bayonotida.