Rossiyadagi AESda favqulodda vaziyat yuz berdi

Olam

image

Rossiyaning Tver viloyatidagi Kalinin atom elektr stansiyasida favqulodda vaziyat yuz berdi. Stansiyaning uchta energiya bloki o‘chirildi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Energetika vazirligiga tayanib xabar berdi.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, voqea tonggi soat 5:00 da yuz bergan.

FV natijasida umumiy quvvati 3,2 ming MVt bo‘lgan birinchi, ikkinchi va to‘rtinchi bloklar o‘chib qolgan. Shu bilan birga uchinchi blokning quvvati 1061 MVt.dan 476 MVt.ga tushib qolgan.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, AES bloklari o‘chib qolgach, boshqa stansiyalardagi qator bloklar ishga tushirilgan. Natijada Rossiya yagona energiya tizimining 49,95 gerats chastotasi tiklangan.

Hozirda AESda tiklash ishlari olib borilyapti. Ikki kun ichida stansiya odatiy tartibda ishlay boshlaydi. 

Ta’kidlanishicha, to‘rtinchi energiya bloki yoqish uchun tayyor, birinchi va ikkinchi bloklar ulardagi nosozlik aniqlangach, ishga tushiriladi.

AESdagi FV Udomlya shahriga hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan. Stansiyada vazirlikning maxsus komissiyasi ish boshlagan.

Kalinin AES Tver viloyatining shimolida Udomlya ko‘lining janubiy sohilida joylashgan. AES qurilishi 1974 yilda qurilgan, 1984 yilda ishga tushirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya AES

Baholaganlar

52

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing