Rossiyada yo‘lovchi samolyot yonib ketdi. Qurbonlar soni 13 kishi

Olam

image

Moskva vaqti bilan soat 18:00 da Sheremetevodan Murmanskka parvoz qilgan SSJ-100 yo‘lovchi samolyoti yana aeroportga qaytish va favqulodda qo‘nish uchun ruxsat so‘ragan.

Ma’lum bo‘lishicha, samolyot Moskva osmonida bir necha marta aylanib, keyin keskin pasaya boshlagan va 18:40 lar atrofida bir qanoti yonayotgan holda aeroportga qayta qo‘ngan. 

Samolyotning yonishiga chaqmoq urishi sabab bo‘lganligi aytilmoqda. Layner qo‘nishni amalga oshirgach uni to‘laligicha olov qamrab olgan. Yonayotgan samoliyotdan odamlar tezlik bilan evakuatsiya qilingan. Lekin shunga qaramay, voqea joyida 13 kishining halok bo‘lgani ma’lum qilindi. Yana 6 kishi kuyish tan jarohatini olgan.

Ma’lum qilinishicha, samolyotda 73 yo‘lovchi va 5 kishidan iborat ekipaj bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yong'in

Baholaganlar

56

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing