Rossiyada yo‘qolgan samolyotning qoldiqlari topildi (video)

Olam

image

Bugun, 24 iyul kuni tongda Rossiyaning Amur viloyatida bedarak yo‘qolgan “Angara” aviakompaniyasiga tegishli An-24 yo‘lovchi samolyotining yonayotgan fuzelyaji Tinda shahri yaqinida, tog‘ yonbag‘rida topildi. Bu haqda qutqaruv xizmatidagi manbasiga tayanib, “Kommersant’” xabar berdi.

Mi-8 vertolyoti tomonidan aniqlangan samolyot parchalari Tindadan 15 km uzoqlikda joylashgan. Ayni vaqtda yo‘lovchilar taqdiri haqida rasmiy ma’lumot mavjud emas.

Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot Xabarovsk-Blagoveshensk-Tinda yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilayotgan bo‘lib, bortda 43 nafar yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zosi, jami 49 kishi bo‘lgan.

Hodisa yuzasidan Rossiya Tergov qo‘mitasi Jinoyat kodeksining 263-moddasi 3-qism 1-bandiga (uchish xavfsizligi qoidalarini buzish, uch yoki undan ortiq kishining halok bo‘lishiga olib kelgan holat) asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasida “Vzlet” aviakompaniyasiga tegishli Mi-8T vertolyoti bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilgandi. Bortda 5 kishi bo‘lgan. Ularning 3 nafari ekipaj a’zosi va 2 nafari texnik mutaxassislar sanaladi. Vertolyot Oxotsk aholi punktidan havoga ko‘tarilgan va Magadanga yetib borishi kerak bo‘lgan. Biroq belgilangan vaqtda ekipaj bilan aloqa uzilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Amur Tinda Angara An-24

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing