Yirik qurol-aslaha ombori portladi (video)
Olam
−
05 avgust 2019
6587Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasi Achin tumani Kamenka qishlog‘idagi qurol-aslahalar omborida yong‘in boshlanishi ortidan yirik portlashlar boshlandi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Yong‘in va portlash natijasida bir nafar harbiy halok bo‘lgan. To‘rt kishi jarohatlangan.
Rossiya FVVning ma’lum qilishicha, yonayotgan omborning 20 km radiusda aholi evakuatsiya qilinyapti. Buning uchun avtobuslar ajratilgan.
"Evakuatsiya uchta aholi punktida o‘tkazilyapti: Zaborkada – 67 nafar, Kichik Uluyda – 430 nafar, Kamenkada – 153 nafar kishi evakuatsiya qilindi. Bolalar lageridan ham 257 nafar bola va 66 nafar kattalar ko‘chirildi", degan FVV vakili.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Achindagi omborda 125 va 152 kalibrli 40 mingta artilleriya snaryadlari bor. Hozirda yong‘in o‘chog‘ini bartaraf qilish ishlari olib borilyapti. Ishlarga yong‘inga qarshi bronetexnika jalb qilingan.
LiveBarchasi