Rossiyada yana ikki davlat futbol chempionatlari namoyishi to‘xtatildi

Sport

image

Rossiyaning Ukraina sarhadlariga bostirib kirishi ortidan, jahonning yirik iqtisodiy kuchga ega davlatlari Rossiya Federatsiyasiga nisbatan yangidan-yangi sanksiyalar paketini imzolamoqda. Shuningdek, yirik sport tashkilotlari ham rus sportiga nisbatan cheklovlar joriy qildi.

Futbol bo‘yicha dunyoning eng tomoshabop milliy chempionatlari ham Rossiya telekanallari bilan imzolagnan shartnomalarini bekor qilmoqda. Kecha, 11 mart kuni Portugaliya va Shotlandiya futbol ligalari translyatsiyasi rossiyalik ishqibozlar uchun to‘xtatilgani ma’lum qilindi. 

Match TV telekanali bosh prodyuseri Aleksandr Tashinning aytishicha, Portugaliya va Shotlandiya futbol ligalari uchrashuvlari translyatsiyasi bo‘yicha mavjud shartnomalar to‘xtatilgani haqida Match TV telekanaliga xabar berishgan.

Avvalroq, Rossiya hududida Angliya Premer ligasi bahslari namoyish qilinishi to‘xtatilgani haqida xabar bergan edik. Shuningdek, joriy yilning mart oyi boshidan beri Fransiya futbol birinchiligi Rossiyada namoyish qilinmayapti.

Rossiya sportiga kiritilgan cheklovlar 

Rus qo‘shinlari Ukrainaga kirgach, Xalqaro dzyudo federatsiyasi (XDF) Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni tashkilot faxriy prezidenti va elchisi maqomidan mahrum qildi. 

Polsha, Chexiya va Shvetsiya futbol terma jamoasi Jahon chempionatiga saralash doirasida Rossiya bilan o‘yinga borishdan bosh tortdi.

Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi (UEFA) 2022 yilgi Yevropa Chempionlar ligasi finali Sankt-Peterburg shahridan Parijga ko‘chirilganini ma’lum qildi.

FIFA  hamda UEFA Rossiya terma jamoalari va klublarini barcha futbol musobaqalaridan chiqarib tashladi.

Xalqaro basketbol federatsiyasi rossiyalik basketbolchilar va rasmiy shaxslarni tashkilot shafeligidagi barcha musobaqalarda ishtirok etishdan chetlashtirdi.

Dunyodagi eng yirik sport kiyimlari kompaniyasi “Adidas” Rossiya futbol jamoalari bilan hamkorlikni to‘xtatganini ma’lum qildi. Shuningdek, Germaniyaning "Shalke 04" klubi va UEFA'ning o‘zi ham Rossiyaning "Gazprom" transmilliy kompaniyasi bilan hamkorlikni to‘xtatdi.

Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi (IPC) rossiyalik va belaruslik atletlarni Pekin-2022 Paralimpiya o‘yinlaridan chetlatdi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

41

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing