Rossiyada yana 11 012 kishida koronavirus aniqlandi
Olam
−
11 may 2020
6869Rossiyada 10 may kuni 11 012 kishida yangi turdagi koronavirus COVID-19 infeksiyasi aniqlandi. Mamlakatda umumiy bemorlar soni 209 688 nafarga yetdi.
10 may holatiga ko‘ra, mamlakatda 88 kishi ushbu virusdan vafot etib, umumiy ko‘rsatkich 1915 tani tashkil etmoqda. Bu umumiy bemorlarning 0,9 foizi degani.
Bemorlarning 34 306 nafari yoki 16,3 foizi sog‘aygan. 10 may kuni sog‘ayganlar 2390 nafarga yetgan. Bemorlarning 173 467 nafari yoki 82,7 foizida davolash muolajalari davom etmoqda.
Rossiya ayni vaqtda koronavirus aniqlanishi bo‘yicha dunyo o‘nligining beshinchi pog‘onasida bormoqda. Undan oldingi to‘rt o‘rinni AQSH (1 326 138), Ispaniya (224 350), Buyuk Britaniya (220 449), Italiya (219 070) egallab turibdi
O‘nlikning keyingi o‘rinlarida esa Fransiya (176 782), Germaniya (171 767), Braziliya (156 862), Turkiya (138 657), Eron (107 603)ni ko‘rish mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, dunyo miqyosida koronavirusga chalinganlar 4 088 393 nafarga yetdi. Ularning 281 893 nafari yoki 13,4 foizi vafot etdi. 1 397 501 kishi yoki kasallikni yuqtirib olganlarning 34,1 foizi sog‘aydi.
LiveBarchasi