Ertaga Toshkentning 10 dan ortiq markaziy ko‘chasi yopiladi
Jamiyat
−
23 mart 2019
9822Ertaga, 24 mart kuni Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan birinchi xalqaro yarim marafon o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkentda soat 9:00 dan 13:00 gacha quyidagi ko‘chalarda transport vositalari harakati cheklanadi:
Ayrosiyob ko‘chasi – O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy me’moriy majmuasidan Oybek ko‘chasigacha;
Oybek ko‘chasi – Afrosiyob ko‘chasidan Nukus ko‘chasigacha;
Nukus ko‘chasi – Oybek ko‘chasidan Qodiriy ko‘chasigacha;
Qodiriy ko‘chasi – Nukus ko‘chasidan Mustaqillik ko‘chasigacha;
Mustaqillik ko‘chasi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasigacha;
Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi – Maxtumquli ko‘chasigacha;
Maxtumquli ko‘chasi – Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidan Amir Temur hiyobonidagi aylana yo‘lgacha;
Amir Temur hiyobonidagi aylana yo‘l – Maxtumquli ko‘chasidan Amir Temur ko‘chasigacha;
Amir Temur ko‘chasi – Amir Temur hiyobonidagi aylana yo‘ldan Islom Karimov ko‘chasigacha;
Islom Karimov ko‘chasi – Amir Temur ko‘chasidan Sharof Rashidov ko‘chasigacha;
Sharof Rashidov ko‘chasi – Afrosiyob ko‘chasidan Navoiy va Qodiriy ko‘chalari kesishmasigacha;
Navoiy ko‘chasi – Sharof Rashidov ko‘chasidan Olmazor ko‘chasigacha;
Qodiriy ko‘chasi – Sharof Rashidov ko‘chasidan Olmazor ko‘chasigacha;
Olmazor ko‘chasi – Qodiriy ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasigacha; (marafon qayerda boshlangan bo‘lsa, o‘sha yerda finish belgilangan).
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr