Rossiyada o‘zbekistonliklarning nega ommaviy mushtlashgani ochiqlandi

3-sahifa

image

Avvalroq Rossiya poytaxti Moskva shahridagi qurilishda ishlayotgan o‘zbekistonliklar oshxonadagi navbat sabab ommaviy mushtlashgani haqida xabar bergan edik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etdi. 

Unga ko‘ra, ushbu janjal joriy yilning 16 noyabr kuni Moskva shahrining Sviblovo tumanidagi qurilish maydonida sodir bo‘lgan. Unda 35-40 nafar fuqaro ishtirok etgan.

Sviblovo tumani ichki ishlar bo‘limi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida yuz bergan ommaviy mushtlashuv oshxonaga kirish uchun navbatda turgan ishchilar va umumiy navbatni chetlab o‘tib, oshxonaga kirishga uringanlar o‘rtasidagi og‘zaki janjal sabab kelib chiqqan. 

Hozirgi vaqtda ushbu holat yuzasidan Rossiya Jinoyat Kodeksining 213-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqarolarning 6 nafari jinoiy, 3 nafari mamlakatdan majburiy chiqarib yuborish shaklida ma’muriy, boshqalari ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmagani sababli jarima shaklida ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 oktyabr kuni kechasi Sankt-Peterburg markazidagi Dostoyevskiy ko‘chasida o‘zbekistonlik fuqarolar bir ayol sababli ommaviy tarzda mushtlashgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya janjal Moskva o'zbekistonlik mushtlashuv migratsiya agentligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing