Rossiyada o‘zbekistonliklar yana YTH qurboni bo‘ldi
3-sahifa
−
16 Yanvar 2024 13539 1 daqiqa
Bugun, 16 yanvar kuni taxminan soat 11:30 da Rossiyaning Samara viloyatida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtomashina YTHga uchradi. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma’lum qildi.

“Stavropol tumani, Bolshaya Ryazan qishlog‘i yaqinida M-5 Ural avtomagistralining 745-kilometrida ikkita avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Lada Largus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi tomonga chiqib ketgan va u yerda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan”, deyiladi rasmiy xabarda.
Mahalliy nashrlardan biri esa o‘z manbasiga tayanib, avtohalokatga uchragan Lada Largus avtomobili ichida 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgani va ulardan 3 nafari halok bo‘lganini xabar qilgan. Bildirilishicha, qolgan 4 nafar o‘zbekistonliklar shifoxonaga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, 11 yanvar kuni Rossiyaning Penza viloyatidagi M-5 Ural trassasida yuk mashinasi va mikroavtobus ishtirokida sodir bo‘lgan mudhish yo‘l-transport hodisasi oqibatida 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi voqea joyida halok bo‘lgandi. Prezidentning topshirig‘i bilan Penzada halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlari 13 yanvar kuni Xorazm viloyatiga olib kelingandi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr