Rossiyada O‘zbekistonliklar ketayotgan mikroavtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashdi
Olam
−
04 iyun 2019
5054Rossiyaning Penza viloyatida o‘zbekistonliklar ketayotgan mikroavtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Natijada bir kishi halok bo‘ldi, sakkiz nafari jarohatlandi.
Yo‘l-transport hodisasi bugun, 4 iyun kuni “Ural” M-5 yo‘lining 754-kilometrida sodir bo‘lgan. GAZel yuk mashinasi qarama-qarshi tarafga chiqib ketgan va Hyundai mikroavtobusiga urilgan.
Yuk mashinasi haydovchisi voqea joyida halok bo‘lgan, uning bir yo‘lovchisi, shuningdek, Hyundai haydovchisi va yo‘lovchilari jabrlangan. Ularni Kuznets tumanlararo shifoxonasiga olib borishgan. Bu haqda viloyat sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati rahbari Tatyana Manuxina xabar bergan.
“Biri qurbon bo‘lgan. Sakkiz jabrlanuvchi, ularning ahvoli turli darajada og‘irlikda. Yanada aniqroq ma’lumotni Kuznets tumanlararo shifoxonasida berishadi”, degan Manuxina.
IIVning mintaqa bo‘yicha boshqarmasi matbuot xizmati xabar berishicha, avtobus muntazam yo‘nalishli bo‘lmagan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, unda O‘zbekiston fuqarolari ketayotgan bo‘lgan.
LiveBarchasi