Rossiyada o‘zbekistonlik yigit 16 yoshli chavandoz qizni o‘g‘irlamoqchi bo‘ldi

3-sahifa

image

Rossiyaning Kaliningrad viloyatida mahalliy ot sporti klubida o‘zbekistonlik yigit 16 yoshli chavandoz qizni o‘g‘irlamoqchi bo‘ldi. Bu haqda “Baza” Telegram-kanali xabar berdi.

Kanalning yozishicha, 22 yoshli o‘zbekistonlik Kaliningrad viloyatining Komsomolsk qishlog‘ida joylashgan “Imperial Park” ot sporti klubida otboqar sifatida ishlagan. U sport klubida 16 yoshli chavandoz qiz bilan tanishgan.

Yigit qizni O‘zbekistondagi uyiga olib ketishga qaror qilgan. Joriy yilning 29 avgust kuni u ot sporti to‘garagi chiqishida qizni poylab turgan va pichoq bilan qo‘rqitgan. Keyin u chavandoz qizni Xrabrovo aeroportiga borishga majburlagan.

Yigit aeroportda qiz bilan birga samolyotga o‘tirib, O‘zbekistonga uchishni rejalashtirgan. Ammo qiz aeroport ishchilarini yordamga chaqirishga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Tambov shahrida O‘zbekiston fuqarosi giyohvandlik vositalarini internet orqali katta hajmda noqonuniy sotishga urinish bilan bog‘liq 10 ta jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya o'zbekistonlik ot sporti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing