Rossiyada yirik miqdorda giyohvand modda sotayotgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
3-sahifa
−
29 avgust 2023
14452Rossiyaning Tambov shahrida O‘zbekiston fuqarosi giyohvandlik vositalarini internet orqali katta hajmda noqonuniy sotishga urinish bilan bog‘liq 10 ta jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topildi. Bu haqda “Pro Tambov” xabar berdi.
Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, o‘tgan yilning dekabr oyida sudlanuvchi qo‘shimcha daromad olmoqchi bo‘lib, Voronej shahridan Tambov hududidagi yashirin joylarga (umumiy og‘irligi – taxminan 105 gramm) giyohvand moddalarning ulgurji partiyasini olib o‘tgani aniqlangan. U geroinni Tambovdagi 9 ta hududga joylashtirgan.
Ayblanuvchi giyohvand moddalarning qolgan qismini joylashtirmoqchi bo‘lganida militsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Shuningdek, undan keyinchalik sotish uchun mo‘ljallangan yana 37 dona o‘ramdagi giyohvand modda topilib, olib qo‘yilgan.
Sud hukmi bilan o‘zbekistonlik 8,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. U jazoni qattiq rejimdagi koloniyada o‘tkazishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit harbiy komissariat binosini yoqib yuborishga urinishda ayblanib hibsga olingandi.
LiveBarchasi