Rossiyada o‘zbekistonlik erkak 27 yil avval qilgan jinoyati uchun qamaldi

3-sahifa

image

Rossiyaning Ulyanovsk viloyatida bundan 27 yil avval qotillik sodir etgan O‘zbekiston fuqarosi 9 yilga qamaldi. Bu haqda "73 Onlayn" xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘zbekistonlik erkak 1996 yilda Ulyanovsk viloyatida yashovchi shaxsni o‘ldirib, yerto‘laga yashirgan va O‘zbekistonga qaytib kelgan. Mamlakatda u soxta hujjatlar bilan yashirinib yurgan. Ma’lum vaqt o‘tib, u yana Rossiyaga borganida chegaradan o‘tishi bilanoq ushlangan.

Sud 48 yoshli erkakni 9 yillik qattiq rejimdagi koloniyaga hukm qildi.

Tergov natijasida ma’lum bo‘lishicha, mahkum 1996 yilning 9 sentyabridan 25 sentyabrigacha bo‘lgan vaqt davomida Ulyanovsk viloyatining Zasviyajskiy tumani Gerasimov ko‘chasidagi uylardan birida 26 yoshli tanishining boshiga dazmol bilan kamida 6 marta, bo‘yin va ko‘krak qismiga esa pichoq bilan taxminan 3 marta zarba bergan. Jabrlanuvchi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada hamyurtini 78 marta pichoqlab o‘ldirgan o‘zbekistonlik erkak 9 yilu 6 oyga qamalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya jinoyat o'zbekistonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing