Rossiyada hamyurtini 78 marta pichoqlab, o‘ldirgan o‘zbekistonlik erkakka hukm o‘qildi

3-sahifa

image

Rossiyaning Novosibirsk viloyatida hamyurtini pichoq bilan 78 marta zarba berib, o‘ldirgan erkakka nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Komsomolskaya Pravda” xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda tug‘ilgan 26 yoshli S.N. ismli erkak 2021 yilning oktyabr oyida o‘zining 44 yoshli ayol tanishini o‘rmonga olib borib, pul bilan bog‘liq shaxsiy kelishmovchilik sabab pichoqlab o‘ldirgan. Jinoyat ishi tafsilotlariga ko‘ra, erkak hamyurtiga eski Nexia Daewoo avtomobilini sotib olish uchun 100 ming rubl to‘lagan. Ammo mashina yetib kelmagan. Shundan so‘ng, u ayolni kimsasiz joyga olib borib, tartibga chaqirishga qaror qilgan. U yerda ham pulni qaytarish haqidagi talablariga rad javobini olgach, unga pichoq bilan 78 marta zarba bergan.

Mazkur jinoyat to‘qqiz oy davomida ochilmay qolgan. Biroq 2022 yilning yozida Novosibirskning Troitsk qishlog‘ida yashovchi odamlardan biri hammom uchun supurgi tayyorlash maqsadida o‘rmonga borganida butalar orasidan odam suyaklarini topib olib, politsiyaga murojaat qilgan. Sud-tibbiy ekspertizasi natijasida marhumning shaxsi aniqlashtirilib, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergovchilar aloqa operatoridan o‘ldirilgan ayolning telefon suhbatlari haqidagi ma’lumotlarni olib, qotillikda gumon qilingan odamning shaxsini aniqlashtirgan. Bu uning hamyurti S.N. bo‘lib chiqqan.

Gumondor shaxs darhol hamma aybiga iqror bo‘lgan.

Avvaliga unga nisbatan umrbod qamoq jazosi tayinlanishi mumkin edi. Biroq sudya ekspert xulosasi asosida uning harakatlarida alohida shafqatsizlik yo‘q degan xulosaga kelib, unga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qotillik) 1-qismi asosida 9 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan. Buning sababi sifatida erkak tanishiga uning tirikligida faqat 4 marta zarba bergani, qolgan zarbalar esa u allaqachon o‘lganidan so‘ng yo‘llangani keltirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik erkak 2 nafar hamyurtini pichoqlaganlikda ayblangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya pichoqbozlik o'zbekistonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing