Rossiyada o‘zbekistonlik hamyurtlarini pichoqlab qo‘ydi
3-sahifa
−
16 yanvar 2023 12619 1 daqiqa
Rossiyada qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik erkak 2 nafar hamyurtini pichoqlaganlikda ayblanmoqda. Bu haqda “The Rambler” nashri xabar berdi.
Mamlakat huquq-tartibot idoralariga ko‘ra, 2022 yilning 30 oktyabriga o‘tar kechasi ko‘chadan turli tan-jarohatlar olgan ikki erkak topilgan.
Qayd etilishicha, Sankt-Peterburg viloyati “Farg‘ona choyxonasi” kafesida bir necha shaxs o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Mazkur janjalda qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik yigit ikki hamyurtini pichoqlagan.
“Marinsk” shifoxonasida 31 yoshli erkak yaralanishi oqibatida vafot etgan, uning 32 yoshli hamyurti esa o‘rtacha og‘irlikdagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada o‘zbekistonlik oilaning olti yoshli qizi ko‘p qavatli uy derazasidan tushib ketgan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025