Rossiyada o‘zbekistonlik erkak 18 yoshli qizga tajovuz qilishda ayblanmoqda

3-sahifa

image

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida yo‘lovchiga nisbatan zo‘ravonlik qilishda gumon qilingan o‘zbekistonlik taksi haydovchisi hibsga olindi. Bu haqda Federatsiya Tergov qo‘mitasi xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 3 sentyabr kuni, 4 sentyabrga o‘tar kechasi 27 yoshli O‘zbekiston fuqarosi “Babushkin” ko‘chasida to‘xtab turgan mashinasida 18 yoshli yo‘lovchi qizga nisbatan jinsiy tajovuz qilgan. Mazkur holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 132-moddasi (Xotin-qizlarning roziligisiz shahvoniy xususiyatga ega harakatlarni sodir etish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumondor shaxs ehtiyot chorasi sifatida hibsga olingan va holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Jabrlanuvchining bildirishicha, u uyga borish uchun taksiga buyurtma bergan va so‘rov bo‘yicha yetib kelgan Hyundai Solaris'ning orqa o‘rindig‘iga o‘tirgan. Qiz manzilga yetib borguniga qadar yo‘lda uxlab qolgan va oradan 2 soat o‘tgach, mashinaning old o‘rindig‘ida uyg‘ongan. Shundan so‘ng u politsiya va tez yordamga qo‘ng‘iroq qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik ikki noqonuniy migrant 12 yoshli qizga tajovuz qilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg Rossiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made