Rossiyada O‘zbekiston IIVning sobiq xodimi hibsga olindi

Olam

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri sudi O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi sobiq xodimi Jaffar Irnazarovni ikki oyga tergov izolyatoriyaga jo‘natdi. U tergovga ko‘ra, bolalar maydonchasida bolaning qo‘lini sindirgan.

“Irnazarov O‘zbekiston Respublikasi IIV pensioneri ekani aniqlandi, ya’ni u tergov va boshqa jarayonlarni o‘tkazish taktikasi bilan tanish. U yurisprudensiya sohasida tasavvurga ega”, deyiladi xabarda.

Shu munosabat bilan sud uni 2021 yil 6 fevralgacha tergov hibsxonasida saqlashga qaror qilgan. U RF Jinoyat kodeksining 112-moddasi 2-qismi “v” bandida (Voyaga yetmagan shaxsning sog‘ligiga qasddan o‘rta darajada zarar yetkazish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda gumonlanyapti.

Avvalroq IIVning shahar va Leningrad viloyati bo‘yicha shtab-kvartirasi dam olish kunlari bolalar maydonchasida voyaga etmaganlar o‘rtasida mojaro kelib chiqqanligi, unda bolalardan birining otasi aralashgani haqida xabar bergandi. Natijada, ota o‘g‘li bilan janjallashgan bolaning qo‘lini sindirgan.

Hodisa munosabati bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Sankt-Peterburg prokuraturasi tergovni o‘z nazoratiga olgan va ish Tergov qo‘mitasining Sankt-Peterburg bo‘yicha boshqarmasiga yuborilgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, erkak ataylab o‘g‘lining raqibini itarib yuborgan, natijada u shikstlangan. Tergovchilar, shuningdek, Irnazarov Rossiyada noqonuniy yurgan deb hisoblashyapti, chunki u aslida ro‘yxatdan o‘tmagan manzilni nomlagan va soxta bo‘lishi mumkin bo‘lgan hujjatlarni taqdim etgan. Hujjatlar tergov davomida tekshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya o'zbekistonlik

Baholaganlar

1227

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing