Rossiyada Usmon Nosirga haykal qo‘yildi
Olam
−
05 Sentabr 2023
6768Kecha, 4 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Kemerovo viloyatining Mariinsk shahrida shoir Usmon Nosir haykali ochildi. Bu haqda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi xabar berdi.
Haykal muallifi Konstantin Zenich shoir Usmon Nosirning o‘ziga xos siymosini tasvirlay olgan.
O‘zbekiston delegatsiyasi Mariinskdagi o‘rmonzor qaridagi qatag‘on qurbonlari mozorida dafn etilgan Usmon Nosirning qabrini ziyorat qildi. Qur’on tilovat qilinib, o‘tganlar xotirasi yod etilgan. Shoirning qabriga gullar qo‘yilgan.
Tadbirda Kemerovo viloyati gubernatori Sergey Sivilyov, O‘zbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Botir Asadov, O‘zbekiston yozuvchilari uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayid va Novosibirskda ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalar, xorijda yashayotgan vatandoshlar, mahalliy ijodkorlar va Kemerovo viloyati Mariinsk shahrining keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan.
Akobir Sayidov
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr