Rossiyada Ukrainaga ma’lumot sotishda ayblangan ayol qamaldi
Olam
−
12 Oktabr 2024 7783 1 daqiqa
Kecha, 11 oktyabr kuni Rossiyaning Sverdlovsk viloyat sudi davlatga xiyonat qilishda ayblanayotgan Viktoriya Muxametovani 12 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risida hukm chiqardi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Uralvagon zavodi xodimi Viktoriya va uning eri Danil Muxametov Ukraina maxsus xizmatiga Rossiya armiyasiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan harbiy ma’lumotlarni bergani va Viktoriyaning o‘zi texnik chizmalarni Ukrainaga 100 ming rubl evaziga sotganini tan olgan.
Danil Muxametovga nisbatan alohida sud ishi ochildi. Bu ishni ko‘rib chiqish sudya Andrey Mineyevga topshirildi.
Ma’lumot uchun, Uralvagon zavodi Rossiyaning qurol eksporti bozoridagi muhim markazlardan biri sanaladi.
Eslatib o‘tamiz, sudya Andrey Mineyev 2023 yil mart oyida Uralvagonzavod faoliyati to‘g‘risida maxfiy ma’lumotlarni to‘plashda va josuslikda gumon qilinib hibsga olingan The Wall Street Journal jurnalisti Evan Gershkovichni 16 yilga ozodlikdan mahrum qilgandi.
Maryam Choriyeva
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr