Rossiyada WSJ muxbiri 16 yilga qamaldi

Olam

image

Sverdlovsk viloyat sudi amerikalik “Wall Street Journal” muxbiri Evan Gershkovichni 16 yilga qattiq rejimli koloniyaga hukm qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

“Gershkovich Evan aybdor deb topilib, 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini qat’iy rejimli koloniyada o‘tashga tayinlansin”, deyiladi sud hukmida.

“Wall Street Journal” muxbiri Moskvadagi Lefortovo sudi qarori bilan josuslik ishi bo‘yicha hibsga olingan. Avvalroq prokuratura unga 18 yil qamoq jazosini so‘ragani xabar qilingan edi. Gershkovich esa josuslik bo‘yicha jinoiy ishda aybini tan olishdan bosh tortdi.

Ayni paytda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalist ishi bo‘yicha sud majlislari maxfiyligi sababini tushuntirdi.

“Bu yerda josuslik ayblovi bor, bu juda-juda nozik soha, shuning uchun sudya yopiq rejimni tanladi”, deydi u.

Gershkovich 2023 yil 30 mart kuni Yekaterinburgda josuslikda ayblanib hibsga olingan edi. U Sovet davridan beri Rossiyada hibsga olingan birinchi g‘arb jurnalisti bo‘ldi.

Rossiya tomonining ta’kidlashicha, muxbir 2023 yil mart oyida Markaziy razvedka boshqarmasi ko‘rsatmasi bilan “Uralvagonzavod” mudofaa korxonasi faoliyati to‘g‘risida maxfiy ma’lumotlarni yig‘ish uchun Yekaterinburgga kelgan va u, xususan, harbiy texnika ishlab chiqarish va ta’mirlashga oid ma’lumotlarga qiziqqan.

Amerika hukumati Gershkovichning hibsga olinishini noqonuniy deb atadi va uning ozod etilishini talab qilishiga ishontirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya WSJ muxbir Sverdlovs

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing