Rossiyada to‘rt o‘zbekistonlik pichoqlandi
Olam
−
21 may 2019
5631Joriy yilning 19 may kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida yuz bergan ommaviy janjal oqibatida to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi pichoqlandi.
Voqea shaharning Frunzen tumanida yuz bergan. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziriligi janjalda pichoqlangan o‘zbekistonliklar haqida ma’lumot berdi:
- 1987 yil 15 oktyabr kuni tug‘ilgan Pahlavon Baxtiyorovich Ziyoyev;
- 1986 yil 3 sentyabr kuni tug‘ilgan Shahriyor Baxtiyorovich Ziyoyev;
- 1987 yil 7 iyul kuni tug‘ilgan Anvar Ahrorovich Ziyoyev;
- 1995 yil 16 iyul kuni tug‘ilgan Abduaziz Ahrorovich Mahmudov.
Pahlavon va Shaxriyor Ziyoyevlar Sankt-Peterburg ilmiy-tadqiqot institutiga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 111-moddasi 3-qismi (qasddan salomatlikka og‘ir jarohat yetkazish) bilan jinoyat ishi ochilgan.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasi Sankt-Peterburgning tegishli tuzilmalari bilan aloqa o‘rnatgan va vaziyatni nazorat qilib turibdi.
LiveBarchasi