Rossiyada TikTok ham blokirovka qilinishi mumkin

Olam

image

Rossiyada Xitoyning TikTok platformasi butunlay blokirovka qilinishi mumkin. Bu haqda bugun, 16 aprel kuni Roskomnadzor matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, regulyator ayni paytda ushbu platformani butunlay cheklash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Mutaxassislarning fikricha, Rossiya ijtimoiy tarmoqlari shu tufayli o‘z auditoriyasini taxminan 30 million kishiga oshiradi – bu ilovaning mahalliy segmenti.

TikTok hozir Rossiyada ishlamoqda, biroq faqat ikki yil oldingi videolar mavjud. Ijtimoiy tarmoq professional foydalanuvchilari assotsiatsiyasiga ko‘ra, blogerlar bir vaqtning o‘zida tomoshalardan tushadigan daromadini yo‘qotmoqda.

"Aslida, bugungi kunda ushbu platforma foydalanuvchilarni TikTok'ning o‘rnini bosadigan mahalliy platformalardan uzoqlashtiradi", deb hisoblaydi assotsiatsiya.

O‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, rossiyalik foydalanuvchilarning 70 foizi ushbu platformadan foydalanishda davom etmoqda: ularning ba’zilari undan noodatiy tarzda foydalanadi, boshqalari esa videoning qanchalik eskiligiga ham ahamiyat bermaydi.

"Shu bois ham ijtimoiy tarmoqda mamlakatdagi shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunga qanchalik rioya qilinayotgani tekshirilishi kerak", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya TikTok

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing