Rossiyada Ravon dilerlik markazlari soni kamaydi

Olam

image

Joriy yilning dastlabki 6 oyida Rossiyada Ravon dilerlik markazlari soni 18 taga kamaydi. Bu haqda “AVTOSTAT” agentligi olib borgan monitoring natijalari darak bermoqda.

Agentlik o‘tkazgan monitoring tahlili natijasida 2019 yilning iyul holatiga ko‘ra, Rossiyada 3 376 ta rasmiy yengil avtomobillar sotish va xizmat ko‘rsatish dilerlik markazlari faoliyat olib borgan.

O‘tgan 6 oy davomida ularning soni 74 taga kamaygan. Yanvarda dilerlik markazlari soni  3 450 ta bo‘lgan.

Soni kamaygan dilerlik markazlari orasida Ravon`dan tashqari, Lifan (34 ta) va Chery (12 ta)ni ko‘rsatish mumkin. GM-AVTOVAZ`ning Rossiyadagi dilerlari soni birinchi yarim yillikda 7 taga, FAW dilerlari soni 6 taga kamaygan. UAZ, Smart va Ford 4 tadan dilerlarini yo‘qotgan. Xitoyning Geely brendi uchta va fransuzlarning Renault kompaniyasi ikkita dilerlik markazidan ayrilgan.

LADA Rossiyadagi eng ko‘p dilerlik markaziga ega kompaniya sifatida qolyapti. Iyulda uning rasmiy markazlari 292 ta dilerlik markazi hisoblangan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ravon

Baholaganlar

19

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing