Rossiyada politsiyaga pora bergan o‘zbekistonlik hibsga olindi

Olam

image

Rossiyaning Chelyabinsk viloyati sudi O‘zbekiston fuqarosini pora berishda ayblab, hibsga oldi. Bu haqda viloyat Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

“O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 291-moddasi 3-qismi (noqonuniy harakatlarni amalga oshirish uchun pora berish) bo‘yicha ayblanmoqda. Unga ayblov e’lon qilindi va sudning qaroriga ko‘ra, hibsga olish jazosi tayinlandi”, deyiladi xabarda.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 1 yanvar kuni ayblanuvchi politsiya bo‘limi binosida bo‘lgan va vositachi orqali politsiya xodimiga – Chelyabinsk shahri Metallurgiya bo‘limiga qarashli Ichki ishlar boshqarmasi Migratsiya masalalari bo‘limi rahbari o‘rinbosariga pora bergan. Mazkur xodim esa huquq-tartibot organlarining tezkor tadbirida ishtirok etgan. Bu pora fuqaroni migratsiya qoidalarini buzganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortmaslik maqsadida berilgan. 

Qayd etilishicha, hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dalillarni yig‘ish va mustahkamlash maqsadida tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sankt-Peterburgda Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan o‘zbekistonlik 21 yoshli yigit 25 yoshli qizni zo‘rlashda gumonlanayotgani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Chelyabinsk Rossiya pora

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing