Rossiyada politsiya mashinasiga hujum bo‘ldi

Olam

image

Moskva viloyatida huquq-tartibot idorasi xodimining mashinasi ostiga portlovchi moslama qo‘yib, portlatishga tayyorgarlik ko‘rayotgan Rossiya fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Federal xavfsizlik xizmati (FXX)ning viloyat bo‘yicha boshqarmasiga tayanib, TASS  xabar berdi

Qayd etilishicha, gumonlanuvchi Ukraina maxsus xizmatlari ko‘rsatmasi bilan huquq-tartibot idorasi xodimi ketayotgan mashinani portlatib yuborishi kerak bo‘lgan.

Shundan so‘ng, u Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining portlovchi moddalar bo‘yicha ekspertlari tomonidan zararsizlantirilgan. Tinch aholi va huquq-tartibot idoralari xodimlari orasida qurbonlar yo‘q, deya qo‘shimcha qiladi maxsus xizmat.

Hozirda gumonlanuvchi Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan qo‘lga olingan. Jinoyatning barcha holatlari va unga aloqador shaxslarni aniqlash bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlari davom etayotgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya hududidagi nishonlarga qarshi Kiyevning 33 ta uchuvchisiz uchoqlardan amalga oshirilgan hujum to‘xtatilgan edi.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya politsiya mashinasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing