Rossiyada pichoqlangan ayol O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan. Endi uning oilasiga yordam ko‘rsatilmaydimi?

Jamiyat

image

Avvalroq, Tula viloyatining Uzlovaya shahridagi “Pyaterochka” supermarketida rossiyalik 34 yoshli Andrey.K 33 yoshli Umida ismli kassir ayolga hujum qilib, pichoq bilan 20 ga yaqin jarohat yetkazgani haqida xabar bergan edik. Ayol shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bergan so‘nggi ma’lumotga ko‘ra, jabrlangan ayol 1986 yilda tug‘ilgan asli o‘zbekistonlik, ammo xozirga qadar Rossiya fuqaroligida bo‘lgan Umida Zurayevna Egamurotova ekanligi tasdiqlandi. Jinoyatchi qo‘lga olingan.

“Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Umida Egamurotovaning oila a’zolariga marhuma Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bo‘lishiga qaramasdan, vatandoshimiz sifatida tashkiliy masalalarda kerakli amaliy yordamini ko‘rsatishga tayyor ekanligini bildiradi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Tula viloyati Mehnat munosabatlari vazirligi

Baholaganlar

158

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing