Rossiyada ota-ona qizini ochlikdan o‘ldirdi
Olam
−
08 noyabr
3865Rossiyaning Komsomolsk-na-Amur shahridada ota-ona yosh qizini ochlikdan o‘ldirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Aniqlanishicha, oila profilaktik ro‘yxatga olinmagan. Ota va ona ham mahalliy aholi. Ulardan biri ish bilan ta’minlangan. Ularga ayblov e’lon qilinib hibsga olingan.
“Komsomolsk-na-Amurda ikki yoshli qizi bilan birga yashagan erkak va ayol unga nisbatan zo‘ravonlik ishlatgan, uni uzoq vaqt davomida ovqat va ichimlikdan mahrum qilgan, shifokorga murojaat qilmagan, oqibatda bola vafot etgan”, deyiladi xabarda.
Ushbu holat yuzasidan Rossiya Federatsiyasi jinoyat kodeksining 105 — moddasi (qotillik), Rossiya Federatsiyasi jinoyat kodeksining 117-moddasi (qiynoq) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, 4 oktyabr kuni Buxoroda ayol o‘zining 3 yoshli farzandini urib o‘ldirgandi. Asli Surxondarë viloyatidan bo‘lgan ushbu ayol bundan oldin yana bir bolasini o‘ldirib, qamoqda o‘tirib chiqqani va yana jinoyatga qo‘l urganligi haqida xabar berilgandi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi