Rossiyada ommaviy qotillik rejalashtirgan ikki o‘smir ushlandi

Olam

image

Rossiyaning Saratov shahrida o‘quv muassasida ommaviy qotillik uyushtirishga tayyorlangan ikki o‘smir bola qo‘lga olindi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

2005 yilda tug‘ilgan ikki o‘smir qaysi o‘quv muassasasida o‘z rejasini amalga oshirmoqchi bo‘lgani hozircha noma’lum. Ular ov quroli va internetdan ko‘rib, tayyorlangan yonuvchi suyuq aralashmadan foydalanmoqchi bo‘lgan.

O‘smirlar shu kabi jinoyat uchun qo‘lga olingan boshqa yoshlar kabi internetdagi “ommaviy qotillik va suitsid”ni targ‘ib qiluvchi jamoalarning a’zosi ekani aniqlangan. Ular dastlabki tergovda o‘rtacha 40 kishini o‘ldirmoqchi bo‘lganini tan olgan.

Avvalroq, Qrim yarimorolidagi Kerch shahrida ham ommaviy qotillikni rejalashtirgan ikki nafar o‘smir qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

122

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing