Rossiyada og‘ir jarohat olgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

Jamiyat

image

Rossiyaning Vladivostok shahrida og‘ir tan jarohati olgan O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Samarqand viloyatidan bo‘lgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, o‘g‘li S.G. baxtsiz hodisa oqibatida jiddiy jarohat olib, Vladivostok shahrining 2-sonli klinik shifoxonasida yotgani va dori-darmon uchun yetarli mablag‘ qolmaganini bildirgan hamda O‘zbekistonga qaytish uchun amaliy yordam so‘ragan.

Uning o‘g‘li S.G. 2023 yilda Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasiga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan. Ammo 2024 yilning oktyabr oyida Birobidjan shahrida ehtiyotsizligi oqibatida daraxtdan yiqilib, bo‘yin umurtqa qismini sindirib olgan. Birobidjan shahar markaziy shifoxonasida unga operatsiya muolajasi o‘tkazilib, statsionar davolashga olingan.

Biroq bemorning otasi Birobidjan shahar markaziy shifoxonasida davolanayotgan o‘g‘lining sog‘lig‘idan ko‘ngli to‘lmay, uni Vladivostok shahridagi 2-sonli klinik shifoxonasiga o‘tkazgan. Bu yerda ham shifokorlar bemorda qayta operatsiya o‘tkazish kerakligini bildirgan. Biroq, ular operatsiya uchun yetarli mablag‘ yo‘qligi uchun davolanishni O‘zbekistonda davom ettirishga qaror qiladi.

Joriy yilning 5 mart kuni bemor O‘zbekistonga qaytib ketishi uchun Vladivostok-Toshkent yo‘nalishidagi samolyotiga chipta sotib olib berilgan va oilasining yoniga kuzatib qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Rossiyaning Primorsk o‘lkasida qiyin moliyaviy ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarosi va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi mamlakatga qaytarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekiston Vladivostok

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing