Rossiyada Nobel mukofoti sohibi “xorijiy agent” deb e’lon qilindi

Olam

image

Rossiyada Nobel mukofoti sovrindori Dmitriy Muratovni "xorijiy agent" deya e’lon qilindi. Bu haqda RBK xabar berdi.

Rossiya Adliya vazirligi “Novaya gazeta” bosh muharriri Dmitriy Muratov, Oleg Radzinskiy, sobiq deputat Maksim Reznik, iqtisodchi Konstantin Sonin va komik Ruslan Beliyni xorijiy agentlar ro‘yxatiga kiritdi.

Vazirlik izoh berishicha, Muratov “chet el agentlarining xabarlari va materiallarini tarqatishda ishtirok etgan, Rossiyaning tashqi va ichki siyosatiga salbiy munosabatni shakllantirishga qaratilgan fikrlarni tarqatish uchun xorijiy platformalardan foydalangan”.

Ma’lumot o‘rnida, Muratov 2021 yilda Tinchlik uchun Nobel mukofotini qo‘lga kiritgandi.

E’tiborlisi, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 2021 yil Muratovning xorijiy agent deb topilishini “sodir bo‘lmaydigan voqelik” deb aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, rossiyalik jurnalist va bloger Ilya Varlamov ham Adliya vazirligi tomonidan “xorijiy agent” deb e’lon qilingandi.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

xorijiy agent Dmitriy Muratov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing