Rossiyada migrantlarga bosim kamayishi mumkin
Olam
−
15 yanvar 2020
5099Rossiyada muhojirlarni ishga oluvchi kompaniyalarin rejali tekshirish bekor qilinishi mumkin. Bu haqda NSN xabar berdi.
Rossiya Federatsiyasi hukumati davlat Dumasiga yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlarni migratsiya sohasidagi rejali tekshiruvdan ozod qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini kiritmoqchi.
Tegishli qonun loyihasi Davlat dumasiga 2020 yil kuzida taqdim etilishi kutilmoqda. Hukumatning fikricha, bu chora mamlakat iqtisodiy o‘sishiga yordam beradi va “tartibga soluvchi gilotina” parametrlariga mos keladi, ya’ni, tadbirkorlar ustidan nazoratni kamaytiradi.
Butunrossiya kichik va o‘rta tadbirkorlar jamoat tashkiloti “Rossiya tayanchlari” rahbari Aleksandr Kalininning fikricha, keyingi o‘n yil ichida mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni pasayishi mumkin, mamlakat esa hozirning o‘zida ishchilarga muhtoj. “Tabiiyki, biznes bu joylarni muhojirlar hisobiga to‘ldirishga harakat qilmoqda. Ammo bugun ularning Rossiya Federatsiyasida ishlashi uchun jiddiy qiyinchiliklar mavjud”, deb tushuntirdi Kalinin.
RFdagi hukmron partiya “Yagona Rossiya” fraksiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Andrey Isayev ham bu fikrni yoqladi. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, tashabbusni baholashdan oldin, qonun loyihasining ishlab chiqilgan matni bilan tanishish kerak. Isayevning fikricha, tekshirishlarni qisqartirish mumkin, ammo noqonuniy muhojirlar mehnatiga to‘sqinlik qiladigan mexanizmlar tashkil qilinishi kerak.
Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi fraksiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Nikolay Kolomeysev migrantlar ustidagi tekshiruvning kamaytirilishi jinoyatchilikning ortishi va mamlakatning tub aholisi ish o‘rinlaridan ajralishiga olib kelishi mumkinligini aytib o‘tdi.
LiveBarchasi