Rossiyada migrantlar uchun yangi talablar belgilandi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya hukumati chet ellik ishchilar uchun rus tili, tarixi va qonunchiligi asoslarini bilishning minimal darajasiga qo‘yiladigan talablarni tasdiqladi. Hujjat Rossiya huquqiy axborot saytida e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, migrantlar ijtimoiy-maishiy va ba’zi professonal mavzularda erkin suhbatlasha olishi kerak. Xususan, bu ishga qabul qilishga, shifoxonadagi maslahatlashuvga va politsiyaga murojaat qilishga taalluqli. Shuningdek, ularga zarur hujjatlar va arizani to‘ldirishni bilish majburiy qilib qo‘yildi.

Rossiya tarixi bo‘yicha imtihonni topshirishda chet elliklarning asosiy voqealar, eng yirik shaharlarning nomlari va yirik davlat bayramlari haqidagi bilimlari sinovdan o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, ular mamlakatda bo‘lgan vaqtida o‘zlarining asosiy huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari bilan tanishishlari kerak.

Ushbu talablar, ba’zi bir istisnolardan tashqari, Rossiyada vaqtincha yashashni rejalashtirganlarga ham tegishli.

Avvalroq, ichki ishlar vazirligi MDH mamlakatlaridan kelgan noqonuniy migrantlardan RFdan 2021 yil 15 iyungacha chiqib ketishni talab qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

migrant

Baholaganlar

576

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing