Rossiyada migrantlar uchun yangi talab joriy qilinadi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiyadagi barcha mehnat migrantlari mamlakatda uzoq vaqt bo‘lish uchun yagona elektron hujjat olishi kerak bo‘ladi. Bu haqda TASS Rossiyaga IIVga asoslanib xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, xorijiy davlat fuqarolari Rossiya Federatsiyasi hududida uzoq vaqt qolishi uchun axborot tashuvchi yagona elektron hujjat olishi shart bo‘ladi. Yagona hujjat chet elliklarga 10 yilga berilishi rejalashtirilyapti, muddat tugagach uni almashtirish kerak bo‘ladi.

IIV vakilining so‘zlariga ko‘ra, elektron hujjatda uning egasi haqidagi ma’lumotlar grafik va matnli shaklda saqlanadi.

Vazirlik bu hujjat qachon joriy qilinishini ma’lum qilmagan. Hozirda tegishli normativ hujjatni tayyorlash jarayoni ketmoqda.

Qayd etilishicha, chet el fuqarolarining Rossiya Federatsiyasi hududida uzoq muddat bo‘lishlari uchun yagona migratsiya rejimini joriy etish rejalashtirilgan. Bu tartib RFda 90 kundan ortiq qoladigan viza talab qilinmaydigan mamlakatga kiradigan davlatlar fuqarolari uchun birdek joriy qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrant

Baholaganlar

635

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing