Rossiyada migrantlar uchun cheksiz IT-karta joriy etiladi

Olam

image

Rossiyada 2022 yil oxirigacha migrantlar uchun raqamli IT-karta joriy qilinadi. Bu haqda mamlakat Migratsiya federatsiyasi prezidenti Vadim Kojenov ma’lum qildi. 

“Rossiyaning migratsiya siyosatida o‘zgarishlar kiritilmoqda.
Qonunchilikni isloh qilish yakunlanmoqda, 2022 yil o‘rtalariga qadar uning loyihasi Davlat dumasiga kiritiladi va yil oxiriga qadar qonun qabul qilinishi bilan biz migrantning raqamli IT-kartasini joriy qilamiz”, deydi Vadim Kojenov.

IT-karta ishchilarning pasportini va shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida xizmat qiladi. U butun Rossiya bo‘ylab 10 yil davomida amal qiladi va ish uchun patent chiqarilgan hududga bog‘langan bo‘ladi. Agar 10 yil ichida karta egasida hech qanday qoidabuzarlik bo‘lmasa, u muddatsiz bo‘ladi.

Kojenovning aytishicha, ish beruvchilar va migrantlarning elektron reyestri tayyorlanmoqda. Ular xorijliklarning “raqamli” yollanishini tartibga soladi. Shunday qilib, Kojenov migratsiya kamayishi haqidagi ma’lumotni bevosita rad etgan. Aksincha, Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda ro‘yxatga olingan xorijliklar soni ko‘paygan. Agar 2020 yilda 8 327 024 kishi bo‘lgan bo‘lsa, 2021 yilda bu ko‘rsatkich 10 616 980 kishiga yetgan.

Yevroosiyo Iqtisodiy Komissiyasi (YeIK) ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda Rossiyada migrantlar ko‘paygan, biroq yetkazib berish xizmati va qurilishda yetishmaydi muhojirlar taqchilligi bor. YeIKda ta’kidlanishicha, Moskva davlat universiteti sotsiologlarining tadqiqotiga ko‘ra, mahalliy ishchilar faqatgina 55 foiz ishchi kuchi migrantlar bo‘lgan qurilish sohasidagina ular bilan raqobat qila oladi. Ammo uy-joy va kommunal sohada (35 foiz ishchi migrant), ayniqsa, qishloq xo‘jaligida (27 foizni) ishchi kuchi tanqisligi saqlanib qoladi.

Shu sababli YeIK prognozi: 2022 yildan boshlab xorijiy ishchi kuchini “maqsadli” tarmoqlarga uy-joy kommunal xo‘jaligi, omborxona va ayniqsa, qishloq xo‘jaligiga yo‘naltirish rejalashtirilmoqda. Ushbu turdagi faoliyatlar uchun migrantlar IT-kartasini olish osonroq bo‘ladi. 

Ma’lum qilinishicha, 2020 yilda Rossiya fuqaroligin olgan xorijliklar 504 782 nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yilning yarmigacha bu ko‘rsatkich 609 905 nafarga yetgan.


Maqola muallifi

Teglar

migrant

Baholaganlar

217

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing