Rossiyada migrantlar tayyorlagan sho‘rvadan 350 kishi zaharlandi

Olam

image

Rossiyada ikki kishining o‘limiga sabab bo‘lgan loviya sho‘rvasidan ommaviy zaharlanishda ayblangan to‘rt kishining ishi Moskvaning Lyublinskiy tuman sudiga o‘tkazildi. Bu haqda Rossiya Bosh prokuraturasi xabar berdi.

Prokuratura 350 kishining zaharlanishiga sabab bo‘lgan oziq-ovqat tayyorlanayotgan antisanitariya holatlarining fotosuratlarini ko‘rsatdi. Xavfli oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda ayblanganlar orasida “Savon-K” konservalangan loviya ishlab chiqaruvchi tashkilot egasi Vladimir Shin, “Lokalkitchen” bosh direktori Anton Lozin, “Kuxni na rayone” sifat bo‘limi boshlig‘i Yelena Mashkova va “Savon-K” kompaniyasining Tojikistondan yollangan oshpazi Karim Normatov bor. Ularning barchasi Rossiya Jinoyat kodeksining 238-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlar va mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoki sotish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda ayblanmoqda.

Vladimir Shin onasining yashash joyida 31 nafar migrantni noqonuniy ro‘yxatga olganlikda ayblanmoqda. Migrantlar uning korxonasida ishlagan.

Bosh prokuraturaning xabar berishicha, Vladimir Shin joriy yilning may va iyun oylarida loviya sotib olgan. Uning Tojikistondan Rossiyaga kelgan, oziq-ovqat sanoati sohasida tajribasi bo‘lmagan xodimi Normatov loviyani noto‘g‘ri tayyorlab, qadoqlagan. U mahsulotni sterilizatsiya qila olmagan va issiqlik bilan ishlov berish tartib-qoidalariga rioya qilmagan. Oqibatda loviya ichida botulotoksin hosil bo‘lgan. Lozin va Mashkova loviya sotib olgan. Pulni tejash uchun ular kerakli tekshiruvlarni o‘tkaza olmagan. Ular “Lobio” salatini tayyorlab, “Kuxnya na rayone”, “Samokat” kabi yetkazib berish xizmatlariga sotgan.

Hammasi bo‘lib xavfli salatning 2000 dan ortiq porsiyasi sotilgan. Jabrlanganlar qattiq bosh og‘rig‘i, ovozning buzilishi va ko‘rishning xiralashishini boshdan kechirgan.

Oqibatda 350 ga yaqin odam botulizm bilan kasallangan, ulardan ikki nafari vafot etgan, 52 nafari esa halok bo‘lishga yaqin qolgan. Shifokorlarning tezkor aralashuvi tufayli ular qutqarib qolingan.

Jabrlanuvchilar 70 million rubldan ortiq tovon puli talab qilmoqda. “Lokalkitchen” allaqachon ixtiyoriy ravishda qisman to‘lovni amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Moskva shahridagi “Gostinitsa RBK servis” xostelida 50 kishi zaharlangandi. Zaharlanganlar “Obrucheva 30” turarjoy majmuasi qurilishidagi ishchilar bo‘lgan. Ishdan keyin ularga sho‘rva va tovuq go‘shti berilgan. Yotoqxonaga qaytib kelgach, ularda qusish va diareya boshlangan.


Maqola muallifi

Teglar

migrantlar Karim Normatov loviya sho'rvasi Anton Lozin Elena Mashkova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing