Rossiyada MDH doirasida viza rejimini o‘zgartirish bo‘yicha rejalar yo‘q – TIV

Olam

image

Hozirda Rossiyada Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasida viza rejimini o‘zgartirish rejasi yo‘q. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining MDH davlatlari birinchi departamenti direktori Mikael Agasandyanga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

U nashrga bergan intervyusida bu borada hozircha Rossiya ishtirokidagi muzokaralar bo‘lmayotganini aytdi.

Agasandyanga ko‘ra, Turkmanistondan tashqari MDHda vizasiz rejim mavjud. Bu davlatlar o‘rtasidagi kelishuvlar bilan tartibga solinadi. Ayni paytda mamlakat hududiga kirish tartibini qiyinlashtirish yoki yumshatish bo‘yicha muzokaralar davom etmayapti.

U, shuningdek, ushbu masalaning huquqiy jihatlari doimiy ravishda takomillashtirilayotganini qo‘shimcha qildi. Bu yangi tahdidlarga samarali javob berish uchun amalga oshiriladi. Misol tariqasida, u soxta hujjatlar yordamida chegarani noqonuniy kesib o‘tishga urinishlar soni ortib borayotgani sababli barcha mehnat migrantlari uchun barmoq izini qayd etish majburiy joriy etilganini keltirdi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Rossiyada mamlakat siyosatiga qarshi davlat fuqarolari uchun viza rejimi joriy etilayotgani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing