Rossiyada masjidni portlatmoqchi bo‘lgan millatchi hibsga olindi

Olam

Rossiyaning Barnaul shahrida masjidga hujum qilishni rejalashtirgan ukrainalik millatchi qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining bayonotida so‘z boradi.

“Terroristik faoliyatni amalga oshirish maqsadida ta’lim berish” moddasi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoiy ish doirasida “Etnik milliy uyushma” (EMU) ukrain millatchi tashkiloti tarafdorining faoliyati bostirildi”, deyiladi FXX xabarida.

Maxfiy xizmatlarning xabariga ko‘ra, qo‘poruvchilik jarayonini amalga oshirmoqchi bo‘lgan shaxs 2000 yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro bo‘lib chiqqan. U ukrain millatchi tashkiloti kuratorlaridan musulmonlarning ommaviy yig‘ilish joylarida, shuningdek, ma’muriy binolar yaqinida to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakatlarni tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar olgan.

Tintuv paytida gumonlanuvchi oldidan portlovchi moddalar, bomba yasash bo‘yicha ko‘rsatmalar shuningdek, ekstremistik adabiyotlar topilgan.

Ma’lum qilinishicha, qo‘lga olingan shaxs, allaqachon o‘z aybiga iqror bo‘lgan. Jinoyatchining so‘zlariga ko‘ra, uning o‘zi migratsiya borasidagi davlat siyosatidan norozi bo‘lganligi sababli ukrainalik kuratorlariga murojaat qilgan. Mart oyi boshida unga hujumlar uchun nishonlar tanlash, so‘ngra ularga o‘t yoqish yoki portlatish vazifasi qo‘yilgan.

FXX ma’lumotlariga ko‘ra, ukrainalik ekstremistlar o‘zlarining tashviqotlarini Telegram, VKontakte va Instagram orqali olib bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

FXX

Baholaganlar

190

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing