Rossiyada mashhur Xeops piramidasining “egizi” topildi

Bu qiziq

image

Rossiyaning “Yovvoyi Shimol” ekspeditsiya guruhining Ural sayyohlari Subpolyar Uralda ulkan piramida borligini aniqladi. Bu Misrdagi Xeops piramidasidan bir necha baravar katta edi. Guruh mazkur mo‘’jizaga kichik guruhlardan birini Uraldagi tog‘ tizmalariga yuborish va buning uchun sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlardan foydalanishayotganda guvoh bo‘lishgan. 

Piramidaning balandligi deyarli 800 metrni tashkil qiladi, yuzalarning uzunligi bir kilometrga yaqin. Aniqlik kiritilishicha, yuzalar aniq kardinal nuqtalarda joylashgan. Ma’lum qilishlaricha, piramida Xanti-Mansiysk avtonom okrugining Yugra shahridagi Narodo-Itinsk tizmasi hududida joylashgan.

“Biz yo‘nalish tayyorlayotgan edik va piramidani uchratdik. U meteorit ta’siridan paydo bo‘lganga o‘xshaydi. Sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlariga ko‘ra, tog‘ o‘zining shakllari bilan Misrdagi mashhur Xeops piramidasini takrorlaydi. Faqat uning hajmi ikki baravar katta. Piramidaning balandligi 774 metrni, har bir yuzasining uzunligi deyarli bir kilometrni tashkil qiladi. Chetlari go‘yo bir tekisda qurilganidek aniq nuqtalarda joylashgan. Xanti va Mansi xalqlari Grubei daryosining yuqori oqimiga bormaslikka harakat qiladi, chunki bu joylar ular uchun muqaddasdir”, deydi “Yovvoyi Shimol” ekspeditsiya guruhi rahbari Yevgeniy Svitov.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, piramidaga tizma bo‘ylab 400 kilometr piyoda yoki vertolyot orqali borish mumkin. Ob’ektni allaqachon Rossiya geografiya jamiyati o‘rganishga tushgan. Yozda piramidani chuqurroq tatbiq etish uchun maxsus ekspeditsiya yuboriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Xeops piramida

Baholaganlar

307

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing