Rossiyada maoshini ololmayotgan o‘zbekistonliklar bo‘yicha ma’lumot berildi

Jamiyat

image

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida maoshini ololmayotgan va yotoqxonadan ham quvilayotgan O‘zbekiston fuqarolarning ishi ijobiy hal qilindi. O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi shu haqda ma’lumot berdi.

Joriy yilning 3 dekabr kuni OAVda “ICA Construction” kompaniyasida ishlovchi o‘zbekistonliklarning maoshini ololmay nohaqlikka uchrayotgani haqida murojaati tarqalgandi.

Bosh konsulxona aralashuvi bilan “ICA Construction” kompaniyasi xodimlari bo‘lgan o‘zbekistonliklarning asosiy qismi 19 dekabr holatiga ko‘ra ish haqlarini to‘lig‘icha oldi. Qolganlarning maoshlari ham kelishilgan jadval asosida beriladi.

4 dekabr kuni Bosh konsulxona va O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi Vakolatxonasi xodimlari Kolpino shahriga borib, kompaniya mas’ullari bilan uchrashgan v kelishuvga erishgan.


Maqola muallifi

Teglar

TIV Rossiya o'zbekistonlik

Baholaganlar

79

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing