Rossiyada maoshini ololmagan o‘zbekistonliklar janjal uyushtirdi
Olam
−
14 iyul 2020
16889Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning Amur viloyatida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan mehnat muhorjirlari uch oydan beri maoshini ololmayotgani sababli janjal ko‘targani haqida xabarlar tarqaldi. O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi mazkur holat yuzasidan bayonot berdi.
Bildirilishicha, elchixona kecha, 13 iyul kuni Rossiya Federatsiyasi Amur viloyati Svobodniy tumanidagi “Renaissance Heavy Industries” kompaniyasiga tegishli vaqtinchalik vaxta shaharchasida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida yuz bergan hodisani nazoratga olgan.
Mazkur masala bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi va boshqa vakolatli organlari bilan muntazam muloqot olib borilmoqda.
Bo‘lib o‘tgan hodisa tafsilotlarini aniqlash hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qonuniy huquq va manfaatlari himoyasini ta’minlash maqsadida voqea joyiga elchixona Bosh konsuli yetib bordi.
Elchixona rossiyalik hamkorlar bilan birgalikda mojaroni keltirib chiqargan sabab va shart-sharoitlarni o‘rganish, muammoning barcha tomonlar uchun maqbul bo‘lgan yechimni topish bo‘yicha ish jarayoni va natijalari haqida qo‘shimcha axborot berishini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi