Rossiyada koronavirusga chalinganlar 3500 dan oshdi
Jamiyat
−
02 aprel 2020
6550Rossiyada yangi SARS-CoV-2 koronavirus infeksiya bilan kasallanganlar soni 3500 dan oshib ketdi. Mamlakatda bir kunda virus yuqtirganlar 771 nafarga ko‘payib, 3548 nafarga yetdi. Bu haqda virusli epidemiyaga qarshi kurash uchun tuzilgan Tezkor shtab ma’lum qildi.
Virus RFning 76 ta mintaqasida aniqlangan. Bugungacha 235 kishi kasallikdan shifo topgan. 30 kishida koronavirus ayanchli yakunlangan.
“Rossiya Federatsiyasida bugungacha 76 ta mintaqada 3548 ta kasallanish holati aniqlandi. Bir sutkada yana 45 kishi shifoxonadan davolanib chiqdi va jami 235 nafarga yetdi. Bir sutkada 6 bemor vaoft etdi. Jami o‘lim holatlari 30 nafarga yetdi”, deyiladi shtab axborotida.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakatda koronavirus infeksiyasi keng ko‘lamda tarqalib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun bir hafta ta’til e’lon qildi.
LiveBarchasi