Rossiyada koronavirusdan kunlik o‘lim bo‘yicha antirekord qayd etildi

Olam

image

O‘tgan kun davomida Rossiyada koronavirus infeksiyasidan 799 kishi vafot etdi, bu pandemiya boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkich. Bu haqda tezkor shtab xabar bermoqda.  

Shu bilan birga, o‘tgan kun davomida mamlakatda 25 704 ta koronavirus holati aniqlangan. Bir kun oldin esa infeksiyaning 25 293 ta holati qayd etilib, 791 ta o‘lim tasdiqlangandi. Ta’kidlanishicha, bemorlarning 11,5 foizida koronavirusning klinik ko‘rinishlari bo‘lmagan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan kun davomida 21 932 nafar bemor COVID-19 dan sog‘aygan. So‘nggi 24 soat ichida kasallar soni bo‘yicha Moskva (5 382), Moskva viloyati (2 484), Sankt-Peterburg (1 948) yetakchi bo‘lgan. Yuqtirish holatlarining eng kami Chukotka avtonom okrugi (18) va Nenets avtonom okrugida (12) aniqlangan. 

Pandemiya boshlanganidan buyon Rossiyada 5 907 999 ta koronavirus kasalligi qayd etilgan. Ushbu davrda 146 868 kishi vafot etgan, 5 300 908 kishi sog‘ayib ketgan. 

Avvalroq, Rossiya aniqlangan koronavirus holatlari bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilgani haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya koronavirus

Baholaganlar

35

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing