Rossiyada koronavirus yuqtirganlar bir sutkada qariyb 11 000 ga ko‘paydi

Olam

image

O‘tgan bir sutka davomida Rossiyada koronavirus bilan bog‘liq 10 899 ta yangi holat aniqlandi. Bu haqda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab ma’lum qildi.

Yangi koronavirus bemorlarining eng ko‘pi Moskva (5392), Moskva viloyati (1063), Nijegorod viloyati (354), Sankt-Peterburg (339) va Krasnoyarsk o‘lkasida (227) aniqlangan. Yangi aniqlangan bemorlarning 4704 nafarida kasallikning klinik alomatlari yo‘q. 107 kishi esa halok bo‘lgan.

Rossiyada koronavirus epidemiyasi boshlanganidan beri 232 243 kishi koronavirus yuqtirib oldi. Ularning 43 ming nafari sog‘aygan, 2116 nafari esa halok bo‘lgan.

Rossiya koronavirus bemorlari soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda boryapti. Bu borada u AQSH (1 385 834) va Ispaniyadan (268 143) ortda qolyapti. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Rossiyada

Baholaganlar

176

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing