Rossiyada koronavirus yuqtirganlar 50 000 dan oshib ketdi

Jamiyat

image

Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 50 mingdan oshib ketdi. So‘nggi sutkada koronavirus bilan bog‘liq 5236 ta holat qayd etilgan va umumiy zararlanganlar soni 57 999 nafarga yetgan. Bu haqda RIA Novosti хабар berdi.

Hududlar kesimida olganda Moskva (29433) yetakchilik qilyapti. Undan keyin Moskva viloyati (5959), Sankt-Peterburg (1973), Nijegorod viloyati (860) va Komi Respublikasi (507) turibdi.

Rossiyada bugungacha koronavirusga chalinganlarning 513 nafari vafot etgan va 4420 nafari davolangan. So‘nggi sutkada qurbonlar 51 nafarga ko‘paygan.

Jon Xopkins universiteti ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar 2,5 mlndan oshdi. Eng ko‘p kasallanish AQSH, Ispaniya, Italiya, Fransiyada qayd etilgan. Butun dunyoda koronavirusdan 177,2 kishi vafot etgan, 665 mingdan ko‘p odam davolangan.

Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Rossiyada

Baholaganlar

114

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing