Rossiyada koronavirus yuqtirganlar 200 mingdan oshdi

Olam

image

Rossiyada so‘nggi sutkada koronavirus bilan bog‘liq 11 012 ta yangi holat qayd etildi va jami koronavirus yuqtirganlar 209 688 nafarga yetdi. Bu haqda tezkor shtab ma’lum qildi.

Rossiyada ketma-ket sakkizinchi kun koronavirus bilan bog‘liq aniqlangan yangi holatlar 10 mingdan oshyapti. Koronavirus eng ko‘p aniqlangan 7 mayda bemorlar soni 11,2 mingga ko‘paygandi.

Yangi bemorlarning yarmidan ko‘pi (5551) Moskvada aniqlangan va hozirda poytaxtda jami koronavirus yuqtirganlar 109,7 mingga yetgan.

So‘nggi sutkada koronavirusdan 88 kishi halok bo‘lgan. Rossiyada jami koronavirus qurbonlari 1915 nafarga yetdi.

Bugungacha 34 306 nafar bemor sog‘aygan. Bir sutkada 2390 kishi infeksiyadan forig‘ bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Rossiyada

Baholaganlar

206

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing