Rossiyada koronavirus vaksinasi tayyor bo‘ldi

Olam

image

Rossiyada yangi koronavirus vaksinasi tayyor bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari Ruslan Salikov “Argumentы i faktы” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Kecha klinik sinovlar yakunlangani va barcha ko‘ngillilarga javob berilgani ma’lum bo‘ldi. Mudofaa idorasida qayd etilishicha, emlashdan keyin barcha ishtirokchilarda immunitet hosil bo‘lgan.

Avvalroq, Sechenov universitetining dori vositalarini klinik tadqiq qilish markazi rahbari Yelena Smolyarchuk vaksinani o‘zida sinab ko‘rgan barchada immunitet shakllanganini ma’lum qilgandi.

Smolyarchukning so‘zlariga ko‘ra, emlashning uchinchi kuni immun tizimi maksimal himoya darajasiga yetadi.

Ammo bu vaksina qanchalik uzoq saqlanib qolishi haqida hozircha aniq ma’lumot berish mushkul. Bu savolning javobi klinik sinvoining keyingi bosqichida ma’lum bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina Koronavirus Rossiyada

Baholaganlar

2167

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing