Rossiyada koronavirus bemorlari yotgan shifoxonada yong‘in chiqdi

Olam

image

Bugun, 12 may kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri, Viborg tumanidagi koronavirusga chalingan bemorlar davolanayotgan Muqaddas Georgiy shifoxonasida yirik yong‘in yuz berdi. Natijada hozirgacha besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“Yong‘in natijasida dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, besh kishi halok bo‘ldi”, degan FVV vakili.

Shifoxonadan 150 kishi evakuatsiya qilingan. Yong‘inga elektr liniyalaridagi nosozlik sabab bo‘lgani taxmin qilinyapti.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 may kuni Moskvadagi koronavirus bemorlari davolanayotgan shifoxonada ham yong‘in yuz bergandi. Natijada bir kishi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya yong'in

Baholaganlar

136

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing