Rossiyada xorijiy valyuta berishning yangi tartibi o‘rnatildi
Olam
−
09 mart 2022
29815Rossiya banki (Markaziy bank) rossiyaliklarning xorijiy valyutadagi hisob raqamlaridan naqd pul berishni vaqtincha chekladi. Bu haqda regulyator saytida aytilgan.
Rossiya banklari mijozlari o‘z hisob raqamlari yoki depozitlaridan 10 000 AQSH dollarigacha naqd pul yechib olishlari mumkin bo‘ladi. Qolgan mablag‘lar chiqarilgan kundagi bozor kursi bo‘yicha rublda to‘lanadi.
Ushbu vaqtinchalik tartibning amal qilish muddati davomida hisob qanday valyutada ochilganidan qat’i nazar, valyuta AQSH dollarida chiqariladi. Boshqa valyutalarning AQSH dollariga konvertatsiyasi chiqarilgan kundagi bozor kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Markaziy bank rossiyaliklar valyuta depozitlari yoki hisob raqamlarida mablag‘larni saqlashni davom ettirishlari mumkinligini va shartlar o‘zgarmasligini ta’kidlagan.
Cheklovlar 9 martdan 9 sentyabrgacha amal qiladi.
LiveBarchasi